11:12 / 15.06.2015
12441

AQShda Rossiyaning eng xavfli qurollari nomi aytildi

AQShda Rossiyada ishlab chiqarilgan va boshqa davlatlarga sotilishi mumkin bo‘lgan qurollarga bepisandlik bilan qaramaslik kerakligi aytilmoqda. Bu haqda The National Interest nashrida Deyv Majumdar ismli jurnalist maqola yozdi. Jrnalist AQSh e'tiborni qaratishi kerak bo‘lgan Rossiyaning 5ta eng xavfli qurollari nomini keltirib o‘tdi.

Rossiyaning eng xavfli qurollari ro‘yxatining 1-o‘rnini ko‘p maqsadli Su-35 qiruvchi samolyoti egalladi. Bu samolyotning asosiy afzalliklari orasida uning yuqori nishonlarni ushlay olishi, yashin kabi tezligi va yuqori tortish kuchiga ega noyob dvigateli aytilmoqda.

Jurnalist reytingning 2-o‘rniga “Amur” noatom suvosti kemasini qo‘ydi. Bu kema juda sokin ishlaydi, deyarli shovqin chiqarmaydi, biroq shu bilan birga juda kuchli qurollar tizimiga ega va shuning uchun suv usti kemalari uchun katta xavf soladi.

3-o‘rinni T-90 tanki egalladi. Tankning o‘t ochishni boshqarish, kuzatish, aloqa va navigatsiya tizimlari, samarali himoya tizimi hamda arzon narxi bu tankni eng zamonaviy tanklarning kuchli raqobatchisiga aylantiradi.

4-o‘rinni P-800 “Oniks” universal kemaga qarshi raketasi egalladi. Raketa ham suv yuzasidagi, ham yerdagi nishonlarni yo‘q qila oladi. Yerdagi nishonlarni o‘qqa tutishda zarba berish uzoqligi bir necha marta ko‘proqni tashkil qiladi.

5-o‘rinni bug‘-gazli vodorod-peroksidli “53-65” torpedosi egalladi. Bu torpedo sobiq ittifoq paytidayoq yaratilgan. Jurnalistning fikricha, torpedo AQSh xarbiy-dengiz kemalari uchun katta muammo tug‘dirishi mumkin.

Top