09:53 / 15.06.2015
3098

Gulistonda sizot suvlar darajasini pasaytirish bo‘yicha ishlar boshlandi

“Guliston shahri drenaj tizimini takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va sizot suvlari darjasini tushirish” ishchi guruhi tomonidan shahardagi suvlarning darajasi va drenaj tizimi ahvoli o‘rganib chiqilmoqda.
O‘zbekiston moliya vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga qaraganda, meliorativ yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shahar atrofidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Ishlarga 60 dona qo‘shimcha zamonaviy meliorativ texnik jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining “2015-2019 yillarda Guliston shahri drenaj tizimini takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va sizot suvlari darjasini tushirish, muhandislik-kommunikatsion va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qaror bilan bosh vazir Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi respublika komissiya tarkibi tasdiqlangan edi. Dasturda, xususan, ilmiy gidrologik tadqiqotlar o‘tkazish va ular asosida barcha infrastrukturani ta'mirlash hamda takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.

Top