10:49 / 15.06.2015
2982

Iroqda o‘zini portlatib yuborgan IShID jangarilari ichida 17 yoshli britaniyalik o‘smir bo‘lgani aytildi

13 iyun kuni Iroqning Bayji shahrida uchta mashinani portlatib yuborgan kamikadzelar ichida 17 yoshli britaniyalik o‘smir Talxa Asmal bo‘lgan. The Telegraph nashrining eslatib o‘tishicha, qo‘poruvchilik oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan.
O‘smirning G‘arbiy Yorkshirda istiqomat qiluvchi ota-onasi IShIDning Tvitterida joylashtirilgan teraktga tayyorgarlik ko‘rayotganlarning rasmlari ichida o‘z farzandining ham tasviri borligini tasdiqladi.
Ma'lum bo‘lishicha, u mart oyida tengdoshi bilan Sharqqa ketib qolgan.

Top