11:40 / 15.06.2015
2514

Kiyev meri Vitaliy Klichkoga "so‘zamolligi" uchun Nobel mukofotiga nomzodini qo‘yish taklif etildi

Ukraina OAVlari kesatiq bilan Kiyev meri, boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vitaliy Klichkoni "so‘zamolligi" uchun Nobel mukofotiga nomzodini qo‘yishni yoki merni Nobel mukofotlarini taqdim qilish uchun nutq yozib berishda Nobel qo‘mitasiga yordam berishga yuborishni taklif etishdi

“Bir boks maqolida aytilganidek, ba'zida yegandan ko‘ra, bergan yaxshiroq. Vitaliy Klichkoning "so‘zamolligi" Stokgolmda, mashhur Nobel qo‘mitasida asqotishi mumkin. Vitaliy, misol uchun, adabiyot bo‘yicha beriladigan mukofotlar uchun nutq yozib berishi mumkin bo‘lardi” deb kesatiq bilan aytmoqda Ukraina nashrlaridan biri.

Vitaliy Klichko o‘zining Kiyev meri lavozimida, birinchi navbatda “noyob so‘zamolligi” bilan dong qozongan. Bunday ko‘p miqdordagi xato va yanglish aytilgan gaplar bilan undan oldingi hech qaysi bir mer “maqtana olmasa” kerak. Ayniqsa xalk orasida uning “Bugun ertangi kunga hamma ham qaray olmaydi. To‘g‘rirog‘i, nafaqat faqatgina hamma qaray oladi, kam odam buni qila oladi” (“A segodnya v zavtrashniy den ne vse mogut smotret. Verneye, smotret mogut ne tolko lish vse, malo kto mojyet eto delat”) va “Ukraina orqasidan faxr bilan ko‘kragimni qalqon qila olaman” (“Gordo vstanu grudyu za spinoy Ukrainy”) kabi chalkash gaplari “mashhur” bo‘lib ketgan.

Top