15:27 / 15.06.2015
1681

Neymar «Barselona» bilan yangi shartnomasiga ko‘ra yiliga 12 million yevro maosh olishi mumkin

Neymar "Barselona" bilan yangi 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Braziliya terma jamoasi hujumchisi hozircha shartnomaga imzo chekmagan, ammo kataloniyaliklar kelishuvga erishilganiga shubha qilishmayapti. Yangi shartnomaga ko‘ra Neymar Lionel Messidan so‘ng eng ko‘p maosh oladigan ikkinchi futbolchiga aylanadi. U yangi shartnomaga ko‘ra yiliga 12 million yevro maosh olishi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, Neymarning transfer qiymati 250 million yevro qilib belgilangan.

Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgandi.

Top