17:52 / 15.06.2015
2352

O‘zbekiston xorijiy investorlarga banklar, sug‘urta va lizing kompaniyalarida davlat ulushini taklif qiladi

O‘zbekiston yaqin ikki yil ichida strategik ahamiyatga molik xorijiy investorlarga to‘rt tijoriy bank, to‘rt sug‘urta va bir lizing kompaniyasining ustav kapitallarida davlat ulushi va aktivlarini taklif qiladi.

O‘zbekiston prezidentining 2015 yil 8 aprelidagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushini va ahamiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yaqin yillar ichida xorijiy strategik hamkorlarga “Aloqabank”ning 47.6, “Turonbank”ning 63.1, “O‘zagrosug‘urta”ning 24.6 va “Kafolat”ning 15.5 foizini sotish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, “Trastbank”ning 0.009, “Ipak yo‘li bank”ning 0.61, “Kapital-sug‘urta”ning 0.013, “O‘zmedlizing”ning 13.33, “Madad”ning 6.08 foizini jamoa sotuvlarida realizatsiya qilish ko‘zda tutilmoqda.
Xususiylashtirish ushbu moliyaviy institutlarning modernizatsiyasi va texnologik yangilanishini tezlashtiradi, ulardagi xizmatlarning raqobatbardoshligini oshiradi.

Top