10:24 / 15.06.2015
8221

Pentagon O‘zbekistonga zirhli texnika yetkazib bermoqda

AQSh mudofaa vazirligi yaqin orada O‘zbekistonga zirhli texnika yetkazib berish ishlarini yakunlaydi.
“O‘zbekistonga bu harbiy texnikani o‘tkazish ishlari o‘tgan yilning dekabr oyida boshlangan edi. Biz yaqin orada bu ishlarni yakunlashni rejalashtirmoqdamiz. Zirhli mashinalar ushbu respublikaga bepul berilmoqda”, – dedi Pentagon vakili TASS muxbiriga.
Ilgariroq AQSh O‘zbekiston mudofaa vazirligiga 308 dona M-ATV zirhli avtomobillar va 20 dona yordamchi ta'mir-evakuatsiya mashinasini taqdim etishi ma'lum qilingan edi. Texnika O‘zbekiston hukumati mablag‘lari hisobidan Pentagonning bazalaridan olib chiqilmoqda.

Top