16:18 / 15.06.2015
2733

Qozog‘iston prezidenti Nazarboyev universitetining birinchi bitiruvchilariga diplomlar topshirdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonada tashkil etilgan Nazarboyev universitetning dastlabki bitiruvchilariga diplomlar topshirdi. Bu haqda Novosti-Kazaxstan axborot agentligi xabar bermoqda.

Nazarboyev universiteti 2010 yili davlat rahbarining tashabbusiga ko‘ra tashkil etildi. O‘sha paytda o‘qishga qabul qilingan dastlabki 446 talaba universitetni shu yil bitirdi. Universitetda o‘qiyotgan talabalarning umumiy miqdori esa 2.8 ming kishidan oshib ketdi.

Diplomlarni topshirish marosimida so‘zga chiqqan Nazarboyev bitiruvchilar yetakchi kompaniyalarda ishlashini ma'lum qildi.

Top