15:06 / 15.06.2015
2431

Qozog‘istondagi YTHda O‘zbekiston fuqarolari aziyat chekdi

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 10 kishi zarar ko‘rdi. Ulardan 3 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir, deb xabar beradi Tengrinews.kz resursi.

Halokat Ostona-Petropavlovsk avtoyo‘lida sodir bo‘ldi. SsangYong rusumli avtomashinaning 20 yoshli haydovchisi Ko‘kchatovdan Ostonaga ketayotganda boshqaruvdan qo‘ldan chiqargan, natijada mashina ag‘darilib ketgan. Mashina ichida bo‘lgan 10 kishi Burabay markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Top