17:55 / 15.06.2015
2532

Rossiya markaziy banki asosiy stavkani 11.5 foizga tushirdi

Rossiya markaziy banki direktorlar kengashi asosiy stavkani 12.5 foizdan 11.5 foizga tushirishga qaror qildi. Bu haqda moliyaviy regulyatorning rasmiy saytida e'lon qilingan matbuot xabarnomasida aytiladi.
Bu qaror inflyatsion tahdidlarning pasayishi bilan bog‘liq ravishda qabul qilingani aytilmoqda. Bank bashoratiga ko‘ra, 2016 yil iyunida yillik inflyatsiya 7 foizni tashkil qiladi, 2017 yili 4 foizga yetadi.
Markaziy bank asosiy stavkani tushirib borishni rejalashtirmoqda. Bu iste'mol narxlarining tushib borishi bilan birgalikda olib boriladi.

Top