16:11 / 15.06.2015
1855

Shveytsariya prokuraturasi 17 iyun kuni FIFA tizimidagi korrupsiya ishi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazadi

Shveytsariya Bosh prokurori 17 iyun kuni 2010, 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlari mezbonligi qo‘lga kiritishda korrupsiya va firibgarlik ishi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazadi. Bu haqda Daily Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

2015 yilning 27 may kuni Shveytsariya politsiyasi AQSh sudi iltimosiga binoan FIFAning bir qator sobiq va amaldagi xodimlarini poraxo‘rlikda gumon qilib hibsga olgandi. AQSh Adliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, ular so‘nggi 24 yil mobaynida taxminan 150 million dollar miqdorida pora olishgan.

Bundan tashqari, AQSh prokuraturasi bergan ma'lumotga ko‘ra, FIFA sobiq vitse-prezidenti va Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib dengizi mamlakatlari Konfederatsiyasi sobiq rahbari Jyek Uorrner ham 2010 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqi uchun kurashgan Janubiy Afrika g‘alabasi uchun JAR hukumatidan 10 million dollar miqdorida pora olgan.

Shuningdek, Shveytsariya politsiya 2010, 2018 va 2022 yilgi jahon chempionati mezbon mamlakat saylovi paytida pul yuvish bilan mashg‘ul bo‘lgan bir guruh noma'lum shaxslarga qarshi ham jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Mazkur mojarolar sababli 2 iyun kuni FIFA prezidenti Yozef Blatter 29 may kuni navbatdagi muddatga saylangan bo‘lishiga qaramay, iste'foga chiqishi haqida bayonot bergandi.

Top