22:13 / 15.06.2015
1693

Shveytsariyaliklar meros uchun soliqning kiritilishiga qarshi chiqmoqda

Shveytsariyaliklar meros uchun soliqning kiritilishiga qarshi chiqmoqda. 14 iyunda o‘tkazilgan referendumda Shveytsariyaning 71 foiz aholisi bunday soliq kiritilishiga qarshi ovoz berdi, deb xabar bermoqda MarketWatch.

Tegishli qonun loyihasi ovozlar hisoblab bo‘lingan 23 kantondan birortasida ma'qullanmadi. Shveytsariyada hammasi bo‘lib 26 ta kanton mavjud.

Bundan tashqari, referendumda aloqa vositalaridan soliqlar yig‘ish tartibiga o‘zgartirishlar qabul qilindi, sun'iy homiladorlik doirasida implantatsiya oldi tashxisini o‘tkazishga taqiqlov ma'qullandi.

Top