09:11 / 15.06.2015
1854

Tbilisidagi toshqin 18 mln dollar zarar keltirdi

Gruziya poytaxti Tbilisida bo‘lgan toshqi oqibatida shaharga 40 mln lari (18 mln dollar) zarar yetdi. Bu haqda moliya vaziri Nodar Xaduri inqirozlarni nazorat qilish boshqarmasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Zararni hisoblash davom etmoqda, hozirgi ma'lumotlarga qaraganda, u 40 mln larini tashkil etadi. Biz 10 mln larilik zararni qoplash bo‘yicha ishlarni boshlab yubordik. Qo‘limizdagi narsalarni shahar hokimiyatiga berdik, ular zarar ko‘rgan aholiga tarqatiladi”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Yig‘ilish chog‘ida bosh vazir Irakliy Garibashvili moliya vaziriga har bir oilaga 10 ming laridan (4.5 ming dollar) tarqatishga ko‘rsatma berdi.

Top