09:49 / 15.06.2015
2891

Toshkentda o‘tkazilgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi bo‘ldi

2015 yilning 14 iyun kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport saroyida boks bo‘yicha 1999-2000 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida final bahslari o‘tkazildi.

Bu turnir O‘zbekiston boks federatsiyasi, O‘zbekiston respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Osiyo boks federatsiyasi hamkorligida o‘tkazildi.

13 vazn toifasi bo‘yicha o‘tkazilgan final bahslarining barchasida O‘zbekiston vakillari ishtirok etishdi.

Final bahslarining 13tasidan 7tasida o‘zbekistonlik bokschilar g‘alaba qozonishdi va 7ta oltin, 6ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rin egallandi. Ikkinchi o‘ringa esa Qozog‘iston, uchinchi o‘ringa Yaponiya terma jamoalari ega chiqdi.

46 kg. 

Alibek Dusanov (Qozog‘iston) – Halimbek Utegenov (O‘zbekiston) 

48 kg. 

Kruz Sander Laurente (Filippin) – Bahodir Barotov (O‘zbekiston) 

50 kg. 

Jahongir Rahmonov (O‘zbekiston) – Daulet Nissan (Qozog‘iston)

52 kg. 

Nakazaki Ryutaro (Yaponiya) – Murodjon Aliyev (O‘zbekiston) 

54 kg. 

Sanatali Toltayev (Qozog‘iston) – Saidjamshid Jafarov (O‘zbekiston) 

57 kg. 

Bilolbek Mirzarahimov (O‘zbekiston) – Imanaga Taiga (Yaponiya) 

60 kg. 

Abilay Ibraimov (Qozog‘iston) – Temurbek Sa'dullayev (O‘zbekiston) 

63 kg. 

Timur Merjanov (O‘zbekiston) – Aramoto Issei (Yaponiya) 

66 kg. 

Aldiyar Tursunali (Qozog‘iston) – Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston) 

70 kg. 

D.Kim (J.Koreya) – Yaxyoxon Saidxonov (O‘zbekiston) 

75 kg. 

Qosimxon Qosimov (O‘zbekiston) – Alisher Chatkalbekov (Qirg‘iziston) 

80 kg. 

Xurshedxon Iskandarov (Qozog‘iston) – Abbosxon Mirzaabdullayev (O‘zbekiston) 

+80 kg. 

Geydimurat Toyliyev (Turkmaniston) – Profsor Rorimsha (O‘zbekiston)

Top