12:30 / 15.06.2015
4307

Toshkentning Yashnobod tumanidagi "Buxoro" kafesi yonib ketdi

14 iyun kunining ikkinchi yarmida Toshkentning Yashnobod tumani Lisunov 1a dahasidagi «Buxoro» kafesida yong‘in yuz berdi.

Xabar qilinishicha, kafe soat 15:39 da yona boshlagan. Dastlabki ma'lumotlar olov chiqishiga maishiy gazdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Yong‘in natijasida qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘qligi aytilgan.

Yong‘in guvohlari ijtimoiy tarmoqlarga hodisa joyidan olingan suratlarni joyladi. Ular aytishicha, alanga kafe joylashgan to‘qqiz qavatli yotoqxona binosining ikkinchi qavatiga ham chiqqan. Uyda yashovchilar vahima ichida ko‘chaga yugurib chiqqan.

Top