08:15 / 16.06.2015
1565

Amerika Kubogi-2015: "A" guruhida Chili Meksika bilan o‘yinda 3:3 hisobini qayd etdi

15 iyun kuni musobaqa mezbonlari Chili termasi Meksikani qabul qildi. Uchrashuvda durang hisobi qayd etildi.

O‘yinda dastlab, mehmonlar vakili Vuoso (21-daq.) hisobni ochdi. 1 daqiqa o‘tmasdan Vidal muvozanatni tikladi. O‘yinning 2chi 10 daqiqaligida meksikaliklar yana gol urishdi. Birinchi taymning yakunlanishidan oldinroq, 42 daqiqada chililiklar hujumchisi Vargas yana hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi taymda jamoalar yana bir martadan darvozalarni ishg‘ol qilishdi va 3:3 hisobida o‘yinni yakunlashdi.

Ayni paytda 2 tur o‘yinlaridan keyin guruhda Chili 4 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 2 tur o‘yinida Ekvadorni mag‘lub etgan Boliviya ham 4 ochko jamg‘argan. Meksika 2 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etgan.

Chili – Meksika 3:3 (2:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 21 Vuoso, 1:1 – 22 Vidal, 1:2 – 29 Ximenes, 2:2 – 42 Vargas, 3:2 – 55, penalti Vidal, 3:3 – 66 Vuoso.
Chili – Bravo, Vidal, Xara, Albornoz (Bosejur, 87), Arangis, Dias (Mena, 71), Valdiviya, Medel, Vargas (Pinilya, 85), Sanches, Isla.
Meksika – Korona, Valensuela, Ayyala, Flores, Dominges, Guemes, Medina (Akino, 64), Korona (Osuna, 77), Aldrete (Salsedo, 71), Ximenes, Vuoso.
Ogohlantirishlar: Vidal (36), Korona (76), Pinilya (90).

Top