00:31 / 16.06.2015
1748

Belgiya komissiyasi Facebook ga qarshi da'vo arizasi berdi

Belgiyaning shaxsiy hayot daxlsizligini himoya qilish komissiyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘i ustidan sudga da'vo arizasi topshirdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Belgiyalik amaldorlarning fikricha, ijtimoiy tarmoq Belgiya va Yevropaning shaxsiy hayotga doir qonunchiligini buzmoqda. Xususan, ijtimoiy tarmoq nafaqat foydalanuvchi kelishuvini qabul qilgan, balki Facebook dan foydalanishdan voz kechgan va kelishuvni deyarli qabul qilmagan foydalanuvchilarning internetdagi fe'l-atvorini kuzatadi.

Facebook foydalanuvchilarning fe'l-atvorini internetdagi saytlarda “Menga yoqadi” tugmasining bosilishi va brauzerdagi cookies sozlamasi kabi mexanizmlar yordamida kuzatib boradi.

Top