17:29 / 16.06.2015
1556

Indoneziya O‘zbekistonga MDH hududidagi muhim va ishonchli savdo iqtisodiy hamkor sifatida qarashi aytildi

Indoneziya savdo vazirligining Osiyo davlatlari, Avstraliya va Yangi Zelandiya mamlakatlari bilan marketingni rivojantirish boshqarmasi boshlig‘i Zulqarnayn Bachtar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston vazirlik va idoralari bilan uchrashuvdan so‘ng delegatsiya rahbari «Jahon» axborot agentligiga safar taassurotlari borasida intervyu berdi.

«Indoneziya O‘zbekistonga MDH hududidagi muhim va ishonchli savdo iqtisodiy hamkor sifatida qaraydi. Biz ulkan resurslar va iqtisodiy salohiyatga ega o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz», dedi Bachtar.

«Ikki tomonlama aloqalarda shuningdek ikki davlat iqtisodi uchun muhim bo‘lgan yo‘nalish – qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport va kommunikatsiya bo‘yicha ham hamkorlikni faollashtirish zarur. Shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish ham katta imkoniyatlar borligini alohida ta'kidlab o‘tish lozim».

Shuningdek, delegatsiya rahbari o‘z nutqida O‘zbekistonda Indoneziya kapitallari asosida qo‘shma korxonalar sonini ko‘paytirish va bu orqali o‘zaro tovar ayriboshlash suratini ham kuchaytirish rejalashtirilganini qayd etdi.

Batchar, bundan tashqari 21-25 oktabr kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan an'anaviy savdo yarmarkasiga o‘zbekistonliklarni taklif qildi.

Top