09:03 / 16.06.2015
2708

Jyeb Bush AQSh prezidentligi uchun saylovda qatnashishini e'lon qildi

15 iyun kuni Florida shtatining sobiq gubernatori, 62 yoshli Jyeb Bush 2016 yilning noyabrida AQSh prezidentligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovda Respublikachilar nomidan ishtirok etishini rasman e'lon qildi.

U o‘z bayonotini Floridadagi Mayami-Deyd kollejida amalga oshirgan.

Bush o‘z chiqishida yig‘ilganlarga ingliz va ispan tillarida murojaat qilgan.

"Men har qanday tilda sizlarga kelajakka ishonch ruhidagi qarashlarimni bayon etishim mumkin. Chunki, kelgusi o‘n yilliklar Amerikada yashash uchun uchun eng yaxshi vaqt bo‘ladi", deydi Bush.

Nomzod chiqish qilgan kollejda ko‘plab ishtirokchilar qatorida 90 yoshli onasi Barbara Bush ham ishtirok etgan. Tadbirda uning otasi Jorj Bush va akasi kichik Jorj Bush qatnashmagan.

Top