Chilidagi ADN radiosida xabar berilishicha, Lionel Messi Amerika Kubogi-2015 turnirining birinchi turi doirasida Argentina va Paragvay o‘rtasidagi bahsning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan mujofotni qabul qila olmasligini bildirgan.
U maydonni qayd etilgan 2:2 hisobidagi durang natijadan norozi holda tark etgan.
Natijada, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi uchun mukofot paragvayliklarning gollaridan birinchisiga mualliflik qilgan Nelson Valdesga berilgan.