15:28 / 16.06.2015
3261

O‘rta Osiyo davlatlari Eron portlari orqali yuk tashiydi

Eron temir yo‘llari direktori o‘rinbosari Husayn Ashuriy O‘rta Osiyo davlatlari yuklari va konteynerlarini Eron-Turkmaniston chegarasidagi Inchi-Borun o‘tish punktida o‘tkazib, Eron hududida joylashgan Shahid Rijoiy porti orqali transportirovka qilishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
Jumladan, joriy yilda Qozog‘iston va O‘zbekistondan Bandar Abbos portiga 500 ming tonnadan ortiq kimyoviy o‘g‘itlar yetkazish rejalashtirilmoqda.
Husayn Ashuriy Qozog‘iston temir yo‘llari prezidenti Asqar Maminning Eronga tashrif buyurib, port orqali yuklarni tashish imkoniyatlari va shart-sharoitlari bilan tanishib chiqqanini eslatib o‘tdi. Shuningdek, Eron temir yo‘llari bosh direktorining Mamin bilan uchrashuvi chog‘ida bu boradagi ikki tomonlama aloqalar istiqbollarini muhokama qilishgan.
Iran.ru resursining ma'lum qilishicha, o‘sha yig‘ilishda transport tariflarini tushirish borasida yakuniy qarorga kelingan.

Top