06:38 / 16.06.2015
3638

O‘zbekiston Prezidenti XOQ medali va OOK mukofotini qabul qilib oldi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 15 iyun kuni Oqsaroyda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va Osiyo milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad al-Sabohni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda

Islom Karimov mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va Osiyo olimpiya kengashi o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta'kidladi. 

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax tinchlik-osoyishtalik, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot, ta'lim va yoshlar masalasiga e'tibor sport rivojida muhim ahamiyat kasb etishini, ana shunday muhit va sharoit tufayli O‘zbekistonda sport jadal rivojlanib borayotganini alohida qayd qildi. 

Uchrashuvda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning tashkiliy asoslari takomillashtirilgani, jismoniy-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari aholi o‘rtasida keng ommalashgani, sohani moliyalashtirish, kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish tizimi yuksalgani, moddiy-texnik baza mustahkamlangani e'tirof etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentiga sportni va olimpiya harakatini rivojlantirishdagi buyuk xizmatlari uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasining medali, shuningdek, O‘zbekistonda va Osiyoda futbolni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashining mukofoti topshirildi.

Top