00:46 / 16.06.2015
1917

Sport kurashi bo‘yicha O‘zbekiston o‘spirinlar terma jamoasi Osiyo chempionatida 13 ta medalni qo‘lga kiritdi

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘spirinlar o‘rtasida sport kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Bu chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi 13 ta medal qo‘lga kiritdi, ulardan 4 tasi oltin, 4 tasi kumush va 7 tasi bronza medal bo‘ldi.

Erkin kurashchilarimiz 2 ta kumush va 4 ta bronza medali qo‘lga kiritdilar va buning evaziga umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladilar. Qizlarimiz uchta medal – bittadan oltin, kumush va bronza medali sohiblari bo‘lishdi va umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallashdi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha kurashchilarimiz bitta oltin, bitta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi hamda umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallashdi.

Quyida sovrindorlarimiz nomlari keltirilgan:

Erkin kurash. O‘spirinlar: Rustambek Jo‘rayev (46 kg) – “kumush”, Abbos Raxmonov (54 kg) – “kumush”», Islom Ilxomov (42 kg) – “bronza”, G‘ulom Abdullayev (50 kg) – “bronza”, Bunyod Tojiboyev (58 kg) – “bronza”, Hasanboy Rahimov (100 kg) – “bronza”.

Erkin kurash. Qizlar: Nabira Yesenbayeva (60 kg) – “oltin”, Shaxodat Julliboyeva (56 kg) – “kumush”, Aktenge Keunimjayeva (46 kg) – “bronza”.

Yunon-rum kurashi: Abubakr Alimov (69 kg) – “oltin”, Maxmud Baxshullayev (54 kg) – “kumush”, Dostonbek Tursunboyev (42 kg) – “bronza”, To‘rabek Tirkashev (46 kg) – “bronza”.

Top