11:54 / 16.06.2015
4011

Toshkent metrosidagi Hamza va Habib Abdullayev nomli bekatlar nomi yangilangani rasman ma'lum qilindi

Toshkent metrosidagi 2 bekat nomi o‘zgargani haqida rasman ma'lumot tarqatildi.

Toshkent shahri hokimligining axborot xizmati (toshkent.uz) saytidagi "Poytaxt yangiliklari" ruknida "Yangi nomlar" nomli xabar qo‘yildi va unda shahar metrosidagi Hamza va Habib Abdullayev nomli bekatlar nomi yangilangani ma'lum qilindi.

"Toshkent shahar hokimligining 2015 yil 16 iyundagi 547-sonli qarori bilan shahrimizning ayrim  metro bekatlari nomlari  tartibga keltirildi.

Ushbu qarorga binoan  Hamza nomli metro bekati nomi - Novza metro bekati, Habib Abdullayev nomli metro bekati nomi - Shahriston metro bekati deb o‘zgartirildi", deyiladi xabarda.

Biroz oldinroq, 15 iyun kuni shahar metrosidagi vagonlarga osilgan metro xaritalarida ikki bekat nomi o‘zgargani qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, hozir «Novza»ga o‘zgartirilgan «Hamza» bekati metroning «Chilonzor» yo‘lida nomi o‘zgarmagan besh bekatdan biri edi. Qolgan yetti bekat nomi 1991 yildan keyin o‘zgartirilgan.

Top