12:35 / 17.06.2015
1760

2015 yilning birinchi choragida LUKOyl O‘zbekistondagi investitsiyalarini 20.3 foizga ko‘paytirdi

Rossiyaning LUKOyl kompaniyasi joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20.3 foizga ko‘paytirdi. Shu tariqa, investitsiyalarning umumiy hajmi 160 mln dollarni tashkil qildi.

“O‘zbekistonda razvedka va qazib olish ishlariga yo‘naltirilgan kapital xarajatlar hajmi 2014 yil yanvar-martidagi 133 mln dollardan 2015 yilning birinchi choragida 160 mln dollarga ko‘paydi. O‘sish 20.3 foizni tashkil qildi”, – deyiladi kompaniya xabarnomasida.
O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi o‘stirilgan, ammo bu boradagi raqamlar oshkor etilmadi.

Top