07:02 / 17.06.2015
2405

Braziliya politsiyasi Rio-de-Janeyroning eng yirik jinoiy guruhini bartaraf etdi

Braziliya politsiyasi katta miqyosda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida Rio-de-Janeyro shtatidagi eng yirik jinoiy guruhining 26 a'zosini qo‘lga oldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Qo‘lga olingan jinoyatchilar qurol-aslaha va giyohvand moddalar sotishda ayblanmoqda. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, guruh o‘z faoliyatidan har oyda 2,5 mln dollar daromad olgan.

Operatsiyada huquq-tartibot muassasalarining 400ga yaqin xodimi ishtirok etdi.

Jinoyatchilar faoliyati oxirgi 8 oy davomida tergov qilib borilgan.

Avvalroq Braziliyada 30 yildan beri qonundan qochib yurgan Italiyaning “Yangi Kamorra” jinoiy guruhining sobiq yetakchisi Paskuale Skotti qo‘lga olingani ma'lum qilingandi.

Top