23:09 / 17.06.2015
3689

Britaniyalik oshiq Times gazetasida krossvord orqali ma'shuqasiga turmushga chiqish taklifini bildirdi

Britaniyalik yurist Mettyu Dik gazetada chop etiladigan krossvordda ma'shuqasiga turmushga chiqish taklifini bildirdi. Bu haqda The Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. Dik o‘zining ma'shuqasi Delit Xyuzga shifrlangan xabar o‘ylab topib, nashrni uni chop etishga ko‘ndirdi.

Xyuz uchun tayyorlangan savollarga ega krossvord nashrning 16 iyundagi sonida chop etildi. Dikning aytishicha, u ushbu krossvordning ba'zi so‘zlari belgilangan holdagi gazetani nonushta paytida ma'shuqasiga ko‘rsatgan. So‘ngra yurist sevgilisiga uzuk taqdim qildi.

“U juda hayratlandi va 30 soniyacha hech narsa demadi, so‘ngra hazillashib “yo‘q” dedi. Biroq ketidan “ha” deb o‘z roziligini berdi”, deb aytmoqda Dik. O‘z navbatida Xyuz ham hayratdaligini aytib, “Men unashtirishlar haqida ko‘plab voqealarni eshitganman, biroq bunisi eng hayratlanarlisi bo‘ldi”, dedi.

The Times krossvordlar muharriri Richard Roganning aytishicha, nashr birinchi marta turmushga chiqish taklifini chop etmoqda. Rogan bu holat bir marta sodir bo‘lgani va bunday hollar boshqa takrorlanmasligini qo‘shimcha qilib qo‘ydi.

Top