09:27 / 17.06.2015
6444

Putin: Rossiya DXR va LXRga ta'sir o‘tkazmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy Moskva tan olinmagan Donetsk va Lugansk “xalq respublika”lariga Minsk kelishuvlarini amalga oshirishi borasida ta'sir o‘tkazayotganini aytib o‘tdi. Uning so‘zlarini TASS agentligi keltirdi.

“Biz Minsk kelishuvlarini adolatli deb hisoblaymiz hamda ixtilofning tomonlaridan biri bo‘lmish Donetsk va Lugansk tan olinmagan respublikalariga bu borada imkon qadar ta'sir o‘tkazmoqdamiz”, – dedi u Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra berilgan bayonotda.

Top