10:51 / 17.06.2015
2225

Qatar Airways BMTni ayollar huquqlarining poymol qilinishi borasidagi hisobot vositasida o‘ch olayotganlikda aybladi

Qatar Airways aviakompaniyasining bosh ijrochi direktori Akbal al-Bakir BMT qoshidagi Xalqaro mehnat tashkilotini aviakompaniyada ishlayotgan ayollar huquqlarining poymol qilinishi borasidagi hisobot vositasida o‘ch olayotganlikda aybladi, deb xabar beradi Reuters.

Mehnat tashkiloti aviakompaniyaga bu holatlarni bartaraf qilish uchun ishga joylashish qoidalarini o‘zgartirishni tavsiya qilmoqda. Gap birinchi galda homilador ayollarning avtomatik tarzda ishdan bo‘shatilishi, shuningdek, o‘z oilaviy ahvolini o‘zgartirish bo‘yicha kompaniyadan ruxsat olish tartibi haqida ketmoqda.

“Men XMTga tupurganman, asosiy maqsadim kompaniyaning muvaffaqiyatli faoliyatidir”, – ta'kidlab o‘tdi al-Bakir, hisobotga munosabat bildirar ekan.

Bosh ijrochi direktor XMT kompaniya va mamlakatdan “xun” olmoqchi ekanligiga amin.

Top