18:20 / 17.06.2015
9832

Toshkentdagi masjidlarda Ramazon oyiga tayyorgarlik sharoitlari tekshirilmoqda

Yurtimizda yurtdoshlarimizning emin erkin ibodat qilishlari, ularga yetarlicha shart sharoit yaratish, xavfsizligini ta'minlashga katta e'tibor beriladi. Bugun mamlakatimizning barcha masjidlarida taroveh namozlari boshlanadi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar Shayhontoxur tuman bosh imom xatibi Odilxon Ismoilov va Shayhontoxur tumani IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining mutasaddi vakillari bilan hududdagi masjidlar yana bir bor ko‘zdan kechirildi. 

Masjidlardagi mas'ul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Namozxonlar xavfsizligini ta'minlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.

"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati / muxlis.uz

Top