19:38 / 18.06.2015
2155

Airbus aviakonserni O‘zbekiston aviatsiyasini modernizatsiya qilishda ishtirok etishidan faxrlanishi aytildi

Airbus aviakonsernining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlarida mintaqaviy savdolar bo‘yicha direktori Stefan Konkoli Airbus uchun O‘zbekiston milliy aviatsiyasini modernizatsiya qilishda ishtirok etish katta sharaf ekanligini aytdi.

“Markaziy Osiyoda eng katta va MDH hududida 2-raqamli aviakompaniya hisoblangan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK ushbu mintaqada Airbus ning muhim hamkoriga aylangan. O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik kelgusida ham rivojlanishi va mustahkamlanishiga umid qilamiz”, deb aytdi Konkoli.

Konkoli bu yili Le Burjye aviasalonida Airbus o‘zining oxirgi ishlanmalari – A380 va A350 samolyotlari hamda yangi vertolyot texnikasini namoyish etmoqda.

Shuningdek, “Le Burjye”da aviavozlik sohasining bir qator yangi ishlanmalari, xususan, Airbus ning hozirdagi A330 va A340 samolyotlarining o‘rnini bosishi mo‘ljallangan AZ50 XWB layneri namoyish qilinmoqda.

Bugungi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKda 10 ta Airbus A320 samolyoti mavjud. Milliy aviakompaniya bu turdagi samolyotlardan 2010 yildan foydalanishni boshlagan. Tu-154 samolyotlari o‘rniga sotib olingan bu samolyotlarning barchasi Airbus ning zavodidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olingan.

Top