08:03 / 18.06.2015
1773

AQSh Davlat departamenti vizalar berish bo‘yicha muammo bir hafta ichida hal bo‘lishiga umid qiladi

AQSh Davlat departamentida vizalar berish bo‘yicha muammo bir hafta ichida hal bo‘lishiga umid bildirilmoqda.

AQSh Davlat departamenti pasport va vizalar berish muammosi keyingi hafta davomida ham hal bo‘lmasligi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Bu haqda departament matbuot kotibiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

“Biz hali ham viza tizimi ishida muammolarga duch kelmoqdamiz. Muammolar global xarakterda bo‘lib, ularni tuzatish ustida kunu-tun ishlamoqdamiz”, deb aytdi Davlat departamenti vakili Jon Kirbi.

Kirbining aytishicha, ushbu muammoni hal qilishga ham davlat, ham xususiy sektordan 100 nafardan ko‘proq mutaxassislar jalb qilingan.

AQSh elchixonalarida viza va xorijiy pasportlarni berishdagi nosozlik mavjudligi haqida o‘tgan hafta ma'lum bo‘lgandi.

Top