Parijda 33 yil avval yahudiylar kvartali markazidagi do‘konda sodir etilgan teraktning ehtimoliy tashkilotchisi Iordaniyada qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Iordaniya hukumati sud ushbu gumondor shaxs – Suxar Muhammad Hasan Xalil al-Abbosiyga nisbatan uning ekstraditsiyasi haqidagi qaror qabul qilinmaguncha xorijga chiqishini man qilib qo‘ydi, deb ma'lum qildi. Al-Abbosiy fransuz politsiyasi qidirayotgan portlashni uyushtirishda gumon qilinayotgan 3 nafar shaxsdan biri edi. Yana ikki gumondor shaxs taxminlarcha Falastin va Norvegiyada qolmoqda.
Ma'lumot uchun, 1982 yilda Parijda Jo Goldenberg ismli yahudiyga tegishli do‘konga hujum qilinishi oqibatida 6 kishi, jumladan 2 nafar AQSh fuqarosi halok bo‘lgan va 22 kishi yaralangan. Bosqinchilar do‘kon binosiga avval bir nechta granata uloqtirib, keyin pulyomyotdan o‘t ochishgan.