17:13 / 18.06.2015
3169

London hokimi kirakashni so‘kdi

London hokimi Boris Jonson tunda ketayotib, taksi haydovchisi bilan janjallashib qoldi, deb darak beradi Sky News.
Hokim velosipedda kechki ovqatdan qaytayotgan paytda kirakash unga e'tiroz bildirgan. Bunga javoban Jonson kirakashga o‘shqirgan.
Orada dahanaki jang kelib chiqqan. Jonson kirakashga qarata: “Ovozingni o‘chirib, o‘lib ket, bu ishni xohlaganday qila olasan”, degan.
Taxmin qilinishicha, kirakashning e'tiroziga London hokimining taksichilar muammolariga, xususan, ularning taksi buyurtma qilishga mo‘ljallangan Uber ilovasiga qarshi kurashiga yetarli darajada e'tibor bermayotganligi sabab bo‘lgan.

Top