22:40 / 18.06.2015
4242

O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq kelishi kutilmoqda

Ob-havo mutaxasisslari prognozlariga ko‘ra, kelayotgan dam olish kunlari Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa hududlarida odatdagidan issiq kelishi kutilmoqda, kam miqdorda yog‘ingarchilik ehtimoli bor.
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 20-22 iyun kunlari yurtimizning ba'zi viloyatlarida havo harorati 43 gradusgacha ko‘tariladi. Havo oz miqdorda, yog‘ingarchiliksiz bulutli bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi 38-43 gradusgacha, Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida esa 35-40 gradusgacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz salqinroq keladi, kunduzi harorat 34-39 gradus bo‘ladi. Respublikamizning tog‘li hududlarida harorat kechasi 12-17, kunduzi 25-30 gradus atrofida bo‘ladi.

Top