Namanganning Norin tumani markazi Haqqulobod shahrida faoliyat yuritadigan Norin mechanical plant korxonasi o‘tgan yildan boshlab ixcham elektr velosipedlar ishlab chiqara boshlagani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Turkiston-press axborot agentligi xabar bermoqda.
Transport vositasi kichik akkumulyator vositasida harakatga keltiriladi. Uning bir marta to‘la quvvatlantirilishi 30-40 km/soat tezlikda 50 km bosib o‘tishga yetadi.
Bugungi kunda korxona “Norin” belgisi ostida 6 turdagi bolalar va kattalar uchun velosipedlar ishlab chiqarmoqda. Oxirgi oyda 4 166 dona mahsulot ishlab chiqarilgan. Texnologik yo‘nalish ochilganidan beri bozorga 10 500 dona shu turdagi mahsulot chiqarilgan.