12:43 / 18.06.2015
4118

Qodirov ko‘pxotinlilikni yoqlab, o‘ynashlarga qarshi chiqdi

Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov ko‘pxotinlilikni ma'qullaydi, lekin, shu bilan birga, erkakning nikohdan tashqari munosabatlari bo‘lishiga qarshi.

“Ko‘pxotinlilikka bizning dinimizda ruxsat etilgan. Bu majburiyat emas, ammo sog‘lig‘ing va moddiy ahvoling ko‘tarsa, shunday imkoniyatga egasan. Ko‘pxotinlilik erkakning jazmanlari bo‘lmasligi uchun ham kerak. Bu ham sog‘liqqa, ham oilaviy munosabatlarga ham zarar keltiradi, yolg‘on ichida yashashga, rafiqasini ham, bolalarini ham doimiy aldashga to‘g‘ri keladi... Shu bois ko‘pxotinlilik yaxshi, ko‘p jazmanlarga ega bo‘lish esa yomon. Agar men ko‘pxotinlilikka qarshi chiqsam, musulmon bo‘lmayman”, – dedi Qodirov.

Top