15:15 / 18.06.2015
2577

"Real" Vidal bilan yuz bergan ko‘ngilsiz holat tufayli uni xarid qilish rejasidan voz kechdi

"Yuventus" jamoasining chililik yarimhimoyachisi Arturo Vidal endilikda "Real" jamoasining qiziqishlar doirasidan tashqariga qoldi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Nashrda yozilishicha, madridliklar bir necha mavsumdan beri ushbu futbolchining harakatlarini kuzatib kelgan. Lekin, biroz oldinroq, u Chilida mast holda avtomobil boshqarib, avariyaga uchragach, "Real" bu futbolchini o‘z tarkibi uchun munosib emas deb hisoblamoqda.

Biroz oldinroq, "Real"ning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites ushbu 28 yoshli futbolchining transfer qilinishiga ma'qullagandi.

Top