12:05 / 18.06.2015
6281

Toshkent metrosida yangilangan vagonlar paydo bo‘ldi

17 iyundan boshlab Toshkent metrosining "Chilonzor" yo‘nalishida yangilangan vagonlar harakatlana boshladi.

Buni tasdiqlovchi suratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, ushbu loyiha "Toshkent metropoliteni" davlat unitar korxonasi buyurtmasiga asosan "Yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi" orqali yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur vagonlarning ekspluatatsiyasi 15 yillikligi aytilgan.

Vagonlarning tashqi va ichki dizaynida tubdan o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin.

Mutaxassislar zamonaviy texnologiyalar asosida vagonlarning ichki ko‘rinishini butunlay yangicha uslubda ishlashgan.

Top