13:57 / 18.06.2015
2566

Ukraina ixtilofidan so‘ng Rossiya xorijliklardan boshpana bo‘yicha murojaatlar olish bo‘yicha birinchi natija qayd qildi

Boshpana so‘rab murojaat qiluvchilar soni bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinda turadi. Bu BMT qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining hisobotida aks etgan.
2014 yili Rossiyaga 274.7 ming chet el fuqarosi boshpana so‘rab murojaat qilgan. shulardan 267.8 ming nafari vaqtinchalik boshpana so‘ragan bo‘lsa, 7 ming nafari qochqin maqomini olishni istagan.
Hujjatda ta'kidlanishicha, bunday natijaning qayd qilinishiga birinchi navbatda Ukrainadagi ixtilof sabab bo‘lgan. Murojaatlarning 99 foizi, ya'ni 271.2 mingtasi Ukraina fuqarolaridan olingan.

Top