07:58 / 18.06.2015
2201

Yaman poytaxtida 4ta portlash sodir bo‘ldi

Yaman poytaxti Sano shahrida 4ta portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, portlovchi qurilma avtomobillarga qo‘yilgan. Portlashlar oqibatida uchta masjid va “Ansor Alloh” harakati bosh qarorgohi binosi shikastlandi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 10 kishi jarohat olgan.

Top