21:35 / 19.06.2015
1833

2014 yilda butun dunyo bo‘ylab teraktlar soni 35 foizga ko‘paydi

2014 yilda butun dunyo bo‘ylab teraktlar soni 35 foizga, teraktlar qurbonlari soni esa 81 foizga ko‘paydi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

AQSh Davlat departamenti bergan bayonotga ko‘ra, o‘tgan yili terrorchilik hujumlari oqibatida 33 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan. Hammasi bo‘lib 95 ta davlatda 13,5 ming terakt qayd qilingan. Bu teraktlardan aksariyat qismi Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va G‘arbiy Afrika davlatlarida sodir etilgan.

2013 yilda esa sodir etilgan 10 mingta teraktda 18 ming kishi halok bo‘lgani qayd etilgan edi.

Top