07:45 / 19.06.2015
3629

Dunyodagi eng yoshi ulug‘ ayol Jyeralin Telli vafot etdi

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra Yer yuzidagi eng keksa yoshli odam bo‘lib turgan Jyeralin Telli 116 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Assosheyted Press nashri xabar bergan.

AQShda yashagan bu afroamerikalik ayol aprel oyida Gertruda Uiverning vafot etishidan keyin sayyoradagi eng keksa ayolga aylangandi.

U 19 asrda tug‘ilgan va hozirgacha yashayotgan 3 kishining biri edi.

Endilikda 19 asrda tug‘ilgan va hozirgacha yashayotgan yana 2 kishi qoldi. Ularning nisbatan kattarog‘i, amerikalik Syuzanna Mushatt Jons 6 iyul kuni 116 yoshga to‘ladi. Yana bir italiyalik ayol Emma Morano-Martinutstsi ham 1899 yilda tug‘ilgan.

Top