14:12 / 19.06.2015
1250

Facebook rahbari AQShda noqonuniy muhojirlar ta'limiga 5 mln dollar ajratdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Tsukerberg TheDream.US jamg‘armasiga 5 mln dollar ajratdi.

The Waal Street Journal nashrining ma'lumot berishicha, ushbu tashkilot AQShga noqonuniy tashrif buyurganlarning mamlakat oliygohlarida ta'lim olishiga ko‘maklashadi.
Ayni kunlarda jamg‘arma 80 mln dollar mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Tsukerbergdan ilgari ham ko‘plab mashhur shaxslar va biznesmenlar ushbu jamg‘armaga yirik miqdorda ehsonlar qilgan.

Top