14:13 / 19.06.2015
1965

MERS tufayli Janubiy Koreya prezidenti reytingi keskin tushib ketdi

Janubiy Koreya prezidenti pak Kin Xening reytingi keskin tushib ketib, tarixdagi eng past ko‘rsatkich qayd qilindi. Bunga Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusining (MERS) tarqalishi sabab bo‘lgan.
Gallup sotsiologik xizmatining Janubiy Koreya bo‘linmasi bergan ma'lumotlarga qaraganda, uning faoliyatini fuqarolarning 29 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu ikki hafta ilgarigi ko‘rsatkichdan 10 foizga kamroqdir. Prezidentdan norozilar soni 61 foizni tashkil qildi. Bu qarorlarini so‘rovnomada ishtirok etganlarning aksariyati koronavirusga qarshi o‘z vaqtida choralar ko‘rilmagani bilan tushuntirishdi.
So‘rovnomada mamlakatning ming nafar voyaga yetgan fuqarosi ishtirok etdi.

Top