14:10 / 19.06.2015
1975

NATO bosh kotibi Ukrainaga borishi mumkin

Yaqin orada NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda u UNIAN agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Men Ukrainaga safar uyushtirishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman, biz mos sanani qidirmoqdamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Stoltenberg Ukraina bilan azaliy siyosiy va amaliy hamkorlik tajribasi mavjudligini, NATO-Ukraina komissiyasi doirasida faol muloqot olib borilganini ta'kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan ishonch jamg‘armalari borasida ham ma'lum muvaffaqiyatlarga erishilgani aytib o‘tildi.

Top