16:32 / 19.06.2015
1272

O‘zbekiston TIAISVda Xitoy elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

19 iyun kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv mobaynida tomonlar joriy yilning 15-16 iyun kunlari Shandun provinsiyasining Jichjao shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining uchinchi yig‘ilishi davomida o‘tkazilgan tadbirlar yakunlari bo‘yicha savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliya-texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Top