16:43 / 19.06.2015
1937

Saratovda o‘zbekistonlik muhojirni o‘ldirib qo‘ygan piyonistalar hibsga olindi

Rossiyaning Saratov viloyatidagi Kirov tumanida O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirgan ikki kishi qo‘lga olindi.
Aytilishicha, ular uch kishi bo‘lib bir kvartirada ichib o‘tirgan. Oralarida kelib chiqqan nizodan so‘ng ikki ulfat mast holda 39 yoshli o‘zbekistonlikni kaltaklab, so‘ng pichoqlashgan. Uning joni voqea joyida uzilgan.
Tuman ichki ishlar bo‘limi tergovchisi Sergey Libermanning “Komsomolskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida aytilishicha, jinoyatchilar qo‘lga olingan. Ulardan biri 41, biri 32 yoshda ekanligi aytilmoqda.

Top