15:33 / 19.06.2015
1636

Seuldagi xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi

2015 yilning 11-14 iyun kunlari Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida «Korea World Travel Fair» (KOTFA) 30-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etishdi, deb yozadi «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi matbuot xizmati.

Dunyoning 60ta davlatidan 500dan ortiq ishtirokchilar qatnashgan ko‘rgazmada O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi va «O‘zbekturizm» hamkorlikda o‘z ekspozitsiyalari bilan tashkil qilishdi. Tashkil etilgan stendda O‘zbekistonning an'anaviy uslubda bezatilgan ipak matolar, me'moriy yodgorliklar va xalq hunarmandchiligi bilan bezatilganrangli suratlar namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirda Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent kabi dunyoga mashhur shaharlarining unutilmas va betakror manzaralari videorolik orqali namoyish etildi.

O‘zbekistonning rangli tasvirlarga boy stendi ko‘rgazmaning rasmiy kundalik axborotnomasi «KOTFA Daily News» sahifalarida chop etildi.

Shuningdek, mazkur tadbir davomida «O‘zbekturizm» MK va «Buyuk Ipak Yo’li» agentligi hamkorligida «O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun o‘nta sabab» nomi ostida O‘zbekistonning diqqatga sazovor sayyohlik inshootlari rangli tasviri tushirilgan bukletlar tayyorlandi.

Top