00:46 / 19.06.2015
2382

Toshkentda ayollar zanjirini olib qochgan o‘g‘ri qo‘lga olindi

2015 yilning 14 iyunida Toshkent shahrining Mirobod tumanida noma'lum shaxs shu yerda yashovchi ayolning bo‘ynidan sariq metalli zanjirni olib qochdi. Shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jinoyatchi qo‘lga olindi. Qonunbuzar mazkur tumanda istiqomat qiluvchi 44 yoshli erkak bo‘lib chiqdi.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda. 

Top